O’zbekistonda ta’lim tizimining tubdan o’zgarishi 1997 yilda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilishdan boshlangan. Ta’lim tizimini islohotlashtirishdagi ahamiyatni O’zbekistonning demogragik jihatdan qarash zarur: UNISEF vakolathonasining Monitoring hisobotiga ko’ra 2003 yilda 26 milliondan 11 million aholi – 17 yoshgacha bo’lgan yoshlar, bu respublika aholisining 42 %ni tashkil etmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (KTMD) respublikada uzoq muddatli ta’limning takomillashishi va uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishni ifodalaydi.
Ushbu dastur 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich (1997-2001) – tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlarni yaratish; dasturning amalga oshirilishi barcha davlat, ilmiy, sanoat va nodavlat tashkilotlarning ajralmas qismi bo’lishi; yangi o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari turlari (kasb-hunar kolledj va akademik litseylar) va ikki bosqichdan iborat oliy ta’lim tizimini kiritgan holda uzluksiz ta’limning yangi tizimi o’z faoliyatini boshladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005) birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga chiqarish yo'nalishlariga aniqliklar kiritildi va amalga oshirildi; ushbu bosqichda ta’lim sifatini yaxshilash va o’qituvchilarning malakalarni oshirish muhim o’rin tutadi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – dasturning keyingi rivojlanishi va takomillashishiga qaratilgan. Milliy dasturning maqsadlariga erishishdagi birdan-bir mexanizmi bu halqaro hamkorlikni kengaytirishdir.