Evropa oliy ta’limi sohasidagi olib borilayotgan islohotlar maqsadlari mazkur sohaning ikkita asosiy omillari ya’ni – Boloniya jarayoni hamda Lissabon strategiyalarning amalga oshirilishi bilan bog’liq.
BOLONIYA JARAYONI
Bugungi kunda 46 dunyo davlatlaridan bir qator xalqaro tashkilotlar yordami bilan Umumevropa Oliy Ta’limi Maydonini (UOTM) yaratishga qaratilgan Bolonya jarayonida ishtirok etmoqda. Uchbu jarayonning maqsadlari muntazam ravishda (har ikki yilda) qayta o’rganilgan xolda, 1999 yilda boshlangan jarayon faoliyati rivojlanib bormoqda (2001 - Praga, 2003 - Berlin, 2005 - Bergen, 2007 - London). 2009 yilning aprel oyida ta’lim vazirlarining navbatdagi uchrashuvi Belgiyaning Lyoven shahrida bo’lib o’tdi.
London shahrida 2007 yilning may oyida bo’lib o’tgan navbatdagi vazirlar uchrashuvi natijasida «Umumevropa oliy ta’limi maydonini (UOTM) yaratish yo’lida: globalizatsiya da’vatlariga javoblar» bayonoti joriy etildi.
London shahrida joriy etilgan bayonot asosida erishilgan natijalar va keyingi ikki yilga belgilangan yo’nalishlar bo’yicha asosiy maqsadlar quidagicha:
- Safarbarlik - shaxsiy o’sish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida sifat ta’minlash madaniyatini yuksaltirish kabi masalalarga qaratilgan Bolonya jarayonining asosiy elementlariga kiradi. Muhojirlik, diplomlarni tan olish, moliyaviy rag’batlarning kamligi va nafaqa to’lash tizimining ixchamsizligi bilan bog’liq muammolarni echish bo’yicha faoliyatning davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
- Uch tsikldan iborat oliy ta’lim tizimiga o’tish jarayonida ahamiyatli taraqqiyotga erishildi. O’quv dasturlarni mehnat bozori ehtiyojlari va keyingi ta’lim olishning maqsadlariga muvofiq ravishda takomillashtirish hamda ishga joylashish darajasini ko’tarish zarurligi qayd qilindi.
- Oliy ta’lim kvalifikatsiyalari va dastlabda olingan ta’lim va o’quv davrlarni ob’ektiv ravishda tan olish masalalari UOTM muhim elementlari qatoriga kiradi. Tan olish masalalari bo’yicha maxsus ish guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun guruh a’zolarining zimmasiga milliy faoliyat rejalarini tahlil qilish va ilg’or tajribani ENIC/NARIC tizimlari orqali tarqatish yuklatildi.
- Kvalifikatsiya tizimlari UOTM rivojlanish markaziy elementlar va ta’limning taqqoslana olishlik va tiniqligini ta’minlash mexanizmlari qatoriga kiradi. Ushbu tizimlar oliy ta’lim muassasalariga modul’ va o’quv dasturlarini ishlab chiqishga va dastlabda barcha shakklarda olingan ta’lim hamda kvalifikatsiyalarni tan olishga yordam beradi. UOTM doirasida tasdiqlangan davomiy/uzluksiz o’qish uchun mo’ljallangan va Evropa Komissiyasi tomonidan taqdim etilgan Evropa kvalifikatsion tizimlariga taqqoslangan Milliy kvalifikatsion tizimini 2010 yilga qadar to’liq amalga oshirish uchun qo’shimcha harakatlar zarurligi qayd qilindi.
- To’plangan hisobot ma’lumotlariga ko’ra, hayot davomida uzluksiz ta’lim olishning ayrim elementlari barcha mamlakatlarda mavjud, lekin ixcham o’quv trayektoriyalarini ishlab chiqilishi zarurligi ko’rib chiqildi.
- UOTM doirasidagi sifat ta’minoti bo’yicha Bergen shahrida tasdiqlangan standartlar va maslahatlar keng ravishda qo’llab-quvvatlandi, shu bois sifat ta’minlash jarayonida ishtirok etayotgan talabalar soni oshdi. Kvalifikatsiyalarni o’zaro tan olish va akkreditatsiya masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlik davom etadi. Oliy ta’limda sifat ta’minlash Evropa agentliklar ro’yxatini tuzish to’g’risida kelishildi.
- UOTM va Evropa ilmiy tadqiqotlar maydoni (EITM) o’rtasidagi hamkorlikni yuksaltirish - muhim masalalar qatoriga kiradi. Oliy ta’lim muassasalari doktorantura o’quv dasturlarini o’z institutsional strategiyalariga kiritish, doktorantlar va yosh tadqiqotchilarning o’sish va rivojlanishiga qaratilgan harakatlarni kuchaytirishlari lozim.
- Ijtimoiy o’lchov jihatidan jamiyat birligini ta’minlash, tengsizlikni kamaytirish va fuqarolarning bilim va mahoratlar saviyasini ko’tarish kabi masalalarda oliy ta’limning hissasini yuksaltirish zarur. Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan barcha mamlakatlarning talabalarida, ularning millati, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolining qandyaligiga qaramay, oliy ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib berilishi shart.
- Evropa oliy ta’lim maydoni butun dunyo jihatidan. Bir qator dunyo mamlakatlarida Boloniya jarayonining doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar jiddiy qiziqishga ega bo’lganligi alohida belgilandi. Mazkur islohotlar Evropa va xalqaro hamkorlar o’rtasida barcha masalalar bo’yicha muzokaralarga sabab bo’ldi. Axborot ta’minotini mukammallashtirish hamda UOTM jozibadorligini va raqobatbardoshligini yuksalirishga, shuningdek, partnyorlik asosida tashkil topgan hamkorlikni va siyosiy dialogini kuchaytirishga, oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyat davom etish zarur – ushbu qismni Lyovendagi so’ngi ma’lumotiga asoslanish yoki almashtirish mumkin.
2009 yilda bo’lib o’tgan vazirlar uchrashuvining natijasiga ko’ra, “Boloniya jarayoni - 2020” Lyoven kommyunikesi qabul qilindi va unda quidagilar ko’rib chiqildi:
- keyingi yillarga mo’ljallangan Boloniya deklaratsiyasi va siyosat oldiga qo’yilgan masalalarning dolzarbligini tasdiqlaydi;
- Boloniya deklaratsiyasini amalga oshirishdagi xarakatlarning zarurligini ta’kidlaydi;
- “Evropa bilimi – ijod va innovatsiya”sini yaratish jarayonida keyingi yillarga oliy ta’limning rolini aniqlaydi. Uning rol’ va taklifi, shu qatorda Evropaning ham bu masalada to’qnashayotganini hisobga olgan holda, oliy ta’lim ijtimoiy mablag’ sarflash bilan ustuvor yo’nalish ekanligi e’tirof etildi.
Kelajakdagi yillarda oily ta’lim sohasining asosiy ustuvor yo’nalishlar quidagilardan iborat:
- Ijtimoiy o’lchovning keyingi rivojlanishi: hamkor-davlatlar aholining ko’p qismini qamrab olish bo’yicha milliy o’lchov maqsadlarini hamda ayniqsa guruh/aholi qatlamlariga etarli darajada taqdim etilmaganligini aniqlaydi;
- Hayot davomida ta’lim olish – bu ta’lim tizimining asosiy qismi bo’lishi zarur: hamkorliklar orqali qiziqish bildirgan tomonlar bilan hayot davomida ta’lim olish siyosatini amalga oshirish va milliy kvalifikatsiya tizimlarini ishlab chiqish;
- Bandlilikka yordam: dastlabki kvalifikatsion xarakteristika va yordam, yuqori kvalifikatsiyaga ega mehnat resurslarini yangilash kabi aniq maqsadlar qo’yildi.
LISSABON STRATEGIYASI
Lissabon strategiyasi 2000 yilning iyun oyida Lissabonda bo’lib o’tgan Evropa Ittifoqi davlatlarning katta yig’ilishida joriy etildi. Mazkur strategiya dunyoda eng raqobatli Evropa Ittifoqi bozorini 2010 yilga qadar yaratilishi ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarning ilmiy faoliyati, tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida bo’lgan ilg’or tajribalarni hamda raqobatbardoshlik va manbalarining muhimligini tan olgan xolda, ushbu strategiya oliy ta’lim muassasalarni muhim hamkorlar deb biladi.
Lissabon strategiyasini Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan 27 davlatlari qamrab olingan bo’ib, ya’ni kichik Evropa Bolonya jarayoniga jalb qilingan (46 davlatlar) tashkil qiladi. Lissabon strategiyasining boshqaruvi Evropa Komissiyasi va Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning ma’sul shaxslar tomonidan bajariladi.
Lissabon strategiyasining asosiy tamoyillari quidagilardan iborat:
- Raqobatbardoshlikni yuksaltirish (ilmiy tadqiqotlarga yo’naltirilgan sarmoyalar va birlashgan bozorni kuchaytirish orqali);
- Ish bilan ta’minlash (ish joylarni yaratish, ishga joylashtirish imkoniyatlarini takomillashtirish va inson manbalariga sarmoyalarni yo’naltirishga alohida e’tibor beriladi);
- Ijtimoiy himoya, nafaqa to’lash va sog’likni saqlash tizimlarini mukammallashtirish;
- Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash (yangi texnologiyalarga yo’naltirilgan sarmoyalarni rag’batlantirish va yangi usulda ish yuritishni rivojlantirish orqali).
Lissabon strategiyasiga asosan ilmiy tadqiqotlarga, yangi innovatsiyalarga, zamonaviy usulda ish yuritishga, jamiyat ichida ilmiy hodimlarning hissasini tan olish va ularga ilmiy tadqiqotni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarni yaratish orqali EOTM raqobatlik saviyasini ko’tarish bo’yicha faoliyati davom etilishi rejalashtirilgan.
Ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha Evropa Komissiyasining Bosh Rahbariyati
http://ec.europa.eu/education/policies/educ/bologna/bologna_en.html
Boloniya Jarayoni
http://www.dfes.gov.uk/londonbologna/
http://www.ond.vlaanderen.be/hogeronderwijs/bologna/
Lissabon strategiyasi
http://www.europarl.europa.eu/summits/lis1_en.htm#1
-----------------------
[1] Evropa va milliy axborot hamda dastlabki ta’limni tan olish markazlarining tarmoqlari
[2] Tempus va Erasmus Mundus “Tashqi hamkorlik oynasi” dasturlari Evropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarni G’arbiy Bolqon, Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq hamkor-davlatlar bilan birgalikda amalga oshirishda yordam beradi. Tempus dasturining faoliyati hususidagi ma’lumotlarni http://www.tempus.europahouse.uz web-saytidan olishingiz mumkin.
[3] «The Bologna Process 2020 - The European Higher Education Area in the new decade».//Communiqué of the Conference of European Ministers Responsible for Higher Education, Leuven and Louvain-la-Neuve, 28-29 April 2009.