Темпус в Узбекистане

  • Increase font size
  • Default font size
  • Decrease font size

Tempus O'zbekistonda

E-mail Print PDF

Evropa Komissiyasi 1994 yildan buyon O’zbekiston OTMlari ishtirokida Tempus dasturining 79 loyihalari moliyalashtirilib, uning umumiy hajmi 22.16 mln.evroni tashkil qiladi.

  • Tempus II: 6.14 mln. evro (1994-2000)
  • Tempus III: 11.3 mln. evro (2000-2006)
  • Tempus IV: 3.6  mln.evro (2008-2010)

Tempus dasturining faoliyati davomida O’zbekistonning 45 oliy ta’lim muassasa va 38 noakademik tashkilotlari hamda Evropa Ittifoqiga a’zo 20 davlatlarning 100dan ortiq oliy ta’lim muassasalari jalb qilingan.

Respublikada Tempus dasturi oliy ta’lim sohasida eng yirik halqaro hamkorlik dasturlaridan biri deb tan olindi. Tempus dasturining loyihalari uzoq muddatli universitetlararo hamkorlik qilishga asos bo’ldi, oliy ta’lim sohasida innovatsiyalarni tadbiq etishda hamda oliy ta’lim muassasalar va ishlab chiqarish bilan ham aloqalarni kuchaytirishda yordam berdi.

Loyihalar nomi, konsortsium tarkibi, Evropa va mahalliy muvofiqlashtiruvchilar hamda loyihalar web-saytlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni ilovadagi jadvaldan olish mumkin (2000-2012 yillar).

2011 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikada Toshkent shahrining 8 oliy ta’lim muassasalari va 6 viloyatning 9 oliy ta’lim muassasalari (Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon va Farg’ona viloyatlari) Tempus dasturining 10 loyihasi (7JP&3SM) amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyihalar Evropa Ittifoqiga a’zo 18 hamkor-davlatlarning 48 universitetlari, hamda 7 noakademik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 3 loyihada ishtirok etmoqda. Quidagi oliy ta’lim muassasalar faol ishtirokchilardir, bular: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg’ona politexnika instituti (3 loyihada); O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (2 loyihada).

Tempus dasturining hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar ro'yhati.

 

“O’zbekistonda Tempus IV - 2013” nashri

Tempus milliy ofisi tomonidan navbatdagi “O’zbekistonda Tempus IV - 2013” nashri chop etildi, uning maqsadi loyihalar faoliyati hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarining universitetlari bilan hamkorligining ilg’or tajribalarini keng namoyon etishdan iborat (yuklab olish).

Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi loyihalar koordinatorlari va ishtirokchilari hamda Yevropa Ittifoqi va MDX davlatlarining universitetlaridagi hamkorlari Tempus loyihalari doirasida aniq misollar asosida turli faoliyatlari va yutuqlari haqidagi maqolalarini taqdim qilishdi.

Tempus milliy ofisi ushbu to’plamda o’z maqolalarini nashr etish uchun yuborgan barcha loyihalar a’zolariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Redaktsiya guruhi ushbu to’plamga oid taklif va sharxlaringizni


O'zbekistondagi Tempus milliy ofisi

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100084
Amir Temur ko'chasi 107B
11 qavat
Telefon: +(998-71) 2389921, 2389918
Faks: +(998-71) 2385899

 

 

 

Ushbu sahifa Evropa Ittifoqi Tempus dasturining yordamida ishlab chiqilgan, bu dastur Rivojlanish va hamkorlik Bosh direktorati (DEVCO) hamda Hamkorlikni kengaytirish bo'yicha Bosh direktorati (DG ELARG) tomonidan moliyalashtiriladi

 

Ushbu saytda keltirilgan ma'lumotlar mualliflarning nuqtai nazarini aks etadi. Quidagi saytda joylashtirilgan ma’lumotlar uchun Evropa Komissiyasi va Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniayat ijroiya agentligi javobgar emas