Evropa Komissiyasi 1994 yildan buyon O’zbekiston OTMlari ishtirokida Tempus dasturining 79 loyihalari moliyalashtirilib, uning umumiy hajmi 22.16 mln.evroni tashkil qiladi.
- Tempus II: 6.14 mln. evro (1994-2000)
- Tempus III: 11.3 mln. evro (2000-2006)
- Tempus IV: 3.6 mln.evro (2008-2010)
Tempus dasturining faoliyati davomida O’zbekistonning 45 oliy ta’lim muassasa va 38 noakademik tashkilotlari hamda Evropa Ittifoqiga a’zo 20 davlatlarning 100dan ortiq oliy ta’lim muassasalari jalb qilingan.
Respublikada Tempus dasturi oliy ta’lim sohasida eng yirik halqaro hamkorlik dasturlaridan biri deb tan olindi. Tempus dasturining loyihalari uzoq muddatli universitetlararo hamkorlik qilishga asos bo’ldi, oliy ta’lim sohasida innovatsiyalarni tadbiq etishda hamda oliy ta’lim muassasalar va ishlab chiqarish bilan ham aloqalarni kuchaytirishda yordam berdi.
Loyihalar nomi, konsortsium tarkibi, Evropa va mahalliy muvofiqlashtiruvchilar hamda loyihalar web-saytlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni ilovadagi jadvaldan olish mumkin (2000-2012 yillar).
2011 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikada Toshkent shahrining 8 oliy ta’lim muassasalari va 6 viloyatning 9 oliy ta’lim muassasalari (Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon va Farg’ona viloyatlari) Tempus dasturining 10 loyihasi (7JP&3SM) amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyihalar Evropa Ittifoqiga a’zo 18 hamkor-davlatlarning 48 universitetlari, hamda 7 noakademik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 3 loyihada ishtirok etmoqda. Quidagi oliy ta’lim muassasalar faol ishtirokchilardir, bular: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg’ona politexnika instituti (3 loyihada); O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (2 loyihada).
Tempus dasturining hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar ro'yhati.