Темпус в Узбекистане

  • Increase font size
  • Default font size
  • Decrease font size

Tempus - bu nima?

E-mail Print PDF

Tempus - bu G’arbiy Balkanlar, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor-davlatlarda oliy  ta’limni zamonaviylashtirishga ko’maklashuvchi Evropa Ittifoqi dasturidir. U Evropa Ittifoqi va uning atrofidagi hamkor-davlatlar o’rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik o’rnatishga katta hissa qo’shadi. Tempus ish o’rinlarini ko’paytirish va rivojlanishni jadallashtirishga, Lissabon strategiyasi va Evropa oliy ta’lim mintaqasini yaratishga qaratilgan bo’lib Bolonya jarayoni kabi tashabbuslarda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishni qo’llab quvvatlaydi.

Tempus IV (2007-2013) dasturi har yili bo’lib o’tadigan tanlov asosida ikki turdagi amallarni moliyalashtiradi, y’ani bular: Qo’shma loyihalar va Strukturaviy choralar.

Tanlov shartlari, muddatlari va ishtirok etish bo’yicha ma’lumotlar dasturning http://eacea.ec.europa.eu/tempus/index_en.php web-sahifasida joylashtiriladi.

Tempus loyihalarida faol qatnashayotgan oliy ta’lim muassasalari qatorida oliy ta’lim tizimiga tegishli barcha muassasalar, tashkilot va korxonalar ham ishtirok etish imkoniyatiga egadirlar.

Qo’shma loyihalar bir yoki bir nechta hamkor davlatlar ishtirok etish imkoniyatini o’zida mujassam etadi. Milliy loyihalarda bir hamkor davlatning ishtiroki ko’zda tutilgan va ular milliy islohotlarimizga javob berishi lozim.

Bir nechta davlatlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar mintaqaviy ustuvor yo’nalishlarga yoki har bir hamkor davlatlarning milliy islohotlariga mos kelishi kerak.

1.    Qo’shma loyihalar

Qo’shma Loyihalar quidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

  • institutsional bosqichda yangi va mavjud bo’lgan o’quv dasturlarning zamonaviylashtirilishi;
  • oliy ta’lim muassasalarida boshqaruvni takomillashtirilishi;
  • jamiyat bilan aloqalarni kengaytirish;
  • uzluksiz ta’limning rivojlanishi.

2. Strukturaviy Choralar

Strukturaviy Choralar milliy darajada amalga oshiriladi va oliy ta’lim tizimini isloh qilish, jumladan boshqaruv, oliy ta'lim tizimi va jamiyat, ishlab chiqarish sohalari o'rtasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, Evropa Ittifoqidagi oliy ta'limni rivojlantirish yo'nalishlariga yaqinlashtirish masalalarini hal etishda ko'maklashishga qaratilgan.

Choralar – tadqiqotlar, milliy va mintaqaviy miqyosda, tematik konferentsiya va anjumanlarni tashkil etish, siyosatni shakllantirish masalalari hamda maslahat dasturlari va ma’lumotlar tarqatish kabilar kirishi mumkin.

O’zbekistonda Tempus dasturining ustuvor yo’nalishlari

Qo’shma loyihalar

O’quv dasturlarning islohoti: texnik yo’nalishlar va texnologiyalar, tibbiyot
Oliy ta’lim va jamiyat: ishlab chiqarish bilan hamkorlikni rivojlantirish

Strukturaviy choralar

Boshqaruv tizimining islohoti: sifatni ta’minlash
Oliy ta’lim va jamiyat: bilim uchburchagi (ta’lim-innovatsiya-tadqiqot)

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun belgilangan mintaqaviy ustuvor yo’nalishlar

Qo’shma loyihalar

O’quv dasturlarning islohoti: ta’lim/ta’lim olish, huquq, samarali boshqaruv, suv resurslarini boshqarish, energetika, tabiatni muhofaza qilish

Boshqaruv tizimining islohoti: universitetlar va talabalar jamiyatlarini boshqarish, sifatni ta’minlash, instututsional hamda moliyaviy mustaqillik va hisobotlilik, halqaro aloqalarning rivojlantirish

Oliy ta’lim va jamiyat: tashkilotlar bilan aloqa o’rnatish, bilim uchburchagi (ta’lim-inovatsiyalar-tadqiqotlar), kvalifikatsiya tizimlari

Strukturaviy choralar

Boshqaruv tizimining islohotlari: sifatni ta’minlash, halqaro aloqalarni rivojlantirish

Oliy ta’lim va jamiyat: ishlab chiqarish bilan aloqalar o’rnatish, bilim uchburchagi (ta’lim-innovatsiya-tadqiqot), davlat ishchi hodimlariga o’quv kurslar tashkil qilish, kvalifikatsiya tizimlari

Tempus dasturining potentsial ishtirokchilari yakunlangan va hozirgi kunda davom etayotgan loyihalar faoliyati takrorlanib qolmasligi maqsadida o’rganib chiqishi zarur. Loyihalar to’g’risidagi ma’lumotlar va Internet sahifalar manzillari O’zbekistondagi Tempus Milliy ofisining www.tempus.europahouse.uz web-sahifasida mavjud.

Tempus O’zbekistonda

Tempus dasturining O’zbekistondagi faoliyati davomida, ya’ni 1994 yildan buyon 76 loyiha moliyalashtirilib kelinmoqda va hozirgi kunda bu 19.8 mln. evroni tashkil etmoqda, loyihalarda respublikamizning turli jabhalaridagi 43 oliy ta’lim muassasalari, 27 noakademik tuzilmalar, vazirlik, muassasa va korxonalar ishtirok etdi. Tempus III (2000-2006) dasturi doirasida 122 ta yakka tartibdagi safarbarlik grantlari ham ajratildi.

Respublikamizda Tempus dasturining ko’p loyihalari magistratura va bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv dasturlarining ishlab chiqilishiga bag’ishlangan (texnik yo’nalishlar va amaliy texnologiya). Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalarini amalga oshirishda va ikki bosqichdan iborat oliy ta’lim tizimini tadbiq etishda juda katta yordam berdi. Tempus dasturi loyihalari asosida yangi (oziq-ovqat xavfsizligi, amaliy ekologiya) mutaxassisliklar kiritildi, yangi o’quv dasturlar va kurslar ishlab chiqildi, korxonalar va tashkilotlarning bevosita ishtirokida davom etayotgan dasturlar yangilandi.

Hozirgi kunda davom etayotgan loyihalar doirasida Evropa universitetlari bilan hamkorlikda kosmik texnologiya, er resurslarini boshqarish, komp’uter dasturlarini modellashtirish va kasb-hunar kollej va akademik litsey o’qituvchilarining malakalarini oshirish kurslarini tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.

Tempus IV O’zbekistonda

Tempus IV dasturining birinchi bosqichida (28 aprel, 2008 yil) respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi 3 ta loyiha moliyalashtirilishi uchun tanlab olindi. Ushbu loyihalar 2009 yilning yanvar oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.

“NMPLIS: Axborot-kutubxona ilmi sohasida yangi magistrlik dasturini yaratish”

Loyiha maqsadi: ilg'or usullarni qo’llagan holda va o’qitish vositalari bilan birgalikda kutubxona va axborot-resurs markazi (ARM) uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda samarali o’quv dasturlarni ishlab chiqish.

Hamkorlar:

Middlesex universiteti (Buyuk Britaniya) – grant oluvchi
Robert Gordon universiteti (Buyuk Britaniya)
Barselona universiteti (Ispaniya)
Parma universiteti (Italiya)
Rezekne oliy ta’lim instituti (Latviya)
Armaniston: NAS RA fundamental ilmiy kutubxonasi, NAS RA halqaro ilmiy o’quv markazi
Gruziya: Ilya Chavchavadze nomidagi davlat universiteti, Gruziya kutubxonalar uyushmasi 

O’zbekiston:
Toshkent davlat madaniyat instituti
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Rejalashtirilayotgan natijalar: yangi o’quv dasturni ishlab chiqish, baholash va tadbiq qilish; hamkor-davlatlarda o’qituvchilarni tanlab olish va o'qitish; yangi innovatsion o’quv dasturining uzoq muddat davomida rivojlanishini ta’minlash; turli o’quv materiallaridan keng foydalanishni ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar markazini tashkil etish; 3 ta hamkor-davlatlarda kutubxona va arxiv ishlarini barqaror rivojlantirish maqsadida ta’lim sifatini oshirish  mexanizmini tadbiq qilish. Evropa universitetlarida magistrlar uchun mo’ljallangan dasturlar asosida O’zbekiston, Armaniston va Gruziya oliy ta’lim muassasalarining 15 nafar o’qituvchilariga ta’lim va o’z navbatida hamkor-davlatlar oliy ta’lim muassasalarida magistratura kurslarida dars berishi hamda kutubxona va arxiv ishi bo’yicha ingliz tili kurslari kiritilishi va ta’lim berilishi, shuningdek Evropa Ittifoqi universitetlarida talabalarning amaliyot o’tashlari ko’zda tutilgan. Hamkor-davlatlarda ta’lim muassasalarining infratuzilmasi zamonaviy texnologiyalar asosida hamda virtual ta’lim, hujjatlarning olib borilishi tizimini takomillashtirish.

“PERSEUS: Izlanish-Ilm-Ishlab chiqarish” tamoyilida jamiyat uchun foydali bo’lgan universitetlarni tashkil etish”

Loyiha maqsadi: davlat organlarining yordami bilan oliy ta’lim muassasalar va tashkilotlar o’rtasida tuzilmaviy aloqalarni o’rnatish; oliy ta’lim muassasalarning tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish va virtual ta’lim jarayonini rivojlantirish borasida ma’lumotlar tayyorlash va evropaliklar tajribalarining mahalliy tadqiqotlarini keng tarqatish va yoritish.

Hamkorlar:

Sant’yago de Compostella universiteti (Ispaniya) – grant oluvchi
Brussel ochiq universiteti (Belgiya)
Magdeburg universiteti (Germaniya)
Laplandiya universiteti (Finlyandiya)
Vilnyus universiteti (Litva)
Brno Masarik universiteti (Chexiya)
UNINOVA uyushmasi (Ispaniya)
«Sunrise Valley» jamoa uyushmasi (Latviya)
Tojikiston:
Tojik davlat tadbirkorlik universiteti,
Hudjand shahridagi texnologik universiteti filiali,
Khorog davlat universiteti,
Kulyab davlat universiteti,
Kulyab shahridagi texnologik universiteti filiali,
akademik M.Osimi nomidagi Tojik texnika universiteti
Qirg’iziston:   
Bishkek ishbilarmonlar klubi,
Issik-kul davlat universiteti,
Djalal-abad iqtisodiyot va tadbirkorlik universiteti,
Qirg’iz iqtisodiyot universiteti,
Qirg’iziston iqtisodiyotni rivojlantirish va savdo vazirligi,
Qirg’iziston milliy universiteti,
Qirg’iziston ta’lim, ilm va madaniyat vazirligi,
Talas davlat universiteti,
TeachEx akademiyasi
Qozog’iston:
Al-Farabi nomidagi Qozoq milliy universiteti,
Alma-ata texnologik universiteti,
M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston universiteti,
Karaganda iqtisodiyot universiteti,
M.Utemisova nomidagi G’arbiy-Qozog’iston universiteti

O’zbekiston:
Toshkent Xalqaro Westminster universiteti
Buxoro davlat universiteti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Urganch davlat universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti

Rejalashtirilayotgan natijalar: har bir oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot innovatsion markazini tashkil etish; Markaziy Osiyoda amalga oshiriladigan mahalliy tadqiqot loyihalarning tayyorlanishida transmilliy tadqiqotlarning ma’lumotlar bazasini yaratish; universitet va tashkilotlar o’rtasida qo’shma tadqiqotlar o’tkazish hamda ishlab chiqarish vakillarini o’quv jarayonidagi ishtirokini ta’minlash; interaktiv web-sahifasini yaratish; oliy ta’lim muassasalar va tashkilotlarning o'zaro bog’liqligini ta’minlash, huquqiy asoslarini va zarur tuzilmaviy o’zgarishlarni olib borishni takomillashtirish.

«AIDA: Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyada Boloniya Jarayonini kengaytirish borasida ma’lumotlarni tarqatish, qiziqishni oshirish va faoliyatni rag’batlantirish»

Loyiha maqsadi: Ushbu loyiha hamkor-davlatlarda (Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Rossiya) Boloniya Jarayoni – Tetragon (Tetragons) milliy amaliy guruhlarning yaratilishiga qaratilgan. Boloniya Jarayonida ushbu tuzilma 4 ta asosiy guruhlarni jamlaydi, ya’ni O’qituvchilar, Mehnat bozori, Hukumat va Talabalar.

Hamkorlar:

Pierre Mendes nomidagi universiteti (Frantsiya) – grant oluvchi
L’Aquila universiteti (Italiya)
Eponyme talabalar uyushmasi (Frantsiya)
AUEG ishlab chiqarish tashkiloti (Frantsiya)
Vrotslav hayotni va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmi universiteti (Polsha)
Rossiya: Ural davlat texnika universiteti, Rossiya Ta’lim va fan vazirligi qoshidagi Federal Ta’lim agentligi, Sverdlov sanoatchilar va tadbirkorlar Ittifoqi, Ural davlat texnika universitetining Talabalar Ittifoqi
Qozog’iston: Zulkarnai Aldamjar nomidagi Kostanai ijtimoiy-texnika universiteti, Ta’lim vazirligi, «Kostanai Minerals» aktsionerlik jamiyati, «ZHAS OTAN» mahalliy yoshlar ittifoqining bo’linmasi
Qirg’iziston: Ta’lim va fan vazirligi, Tinistanov nomidagi Issik-kul davlat universiteti, «Atakench» uyushmasi, Tinistanov nomidagi Issik-kul davlat universitetining Talabalar kasaba uyushmasi

O’zbekiston:
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
«O’zmetkombinat» ochiq aktsiyadorlik jamiyati
Toshkent davlat texnika universiteti
Toshkent davlat texnika universitetining «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati

Rejalashtirilayotgan natijalar: Milliy guruhlarning ta’lim olishi, har bir guruh uchun strategik reja ishlab chiqish, har bir hamkor-davlatlarda zarur infratuzilmani tashkil etish; qiziqish bildirgan tomonlar va davlat tuzilmalari Boloniya Jarayonining islohotlarini milliy va institutsional ravishda qo’llab-quvvatlash hamda yaqindan hamkorlik o’rnatish, shuningdek, uning doirasida nafaqat akademik, balki ijtimoiy darajada harakatlarning samarali bo’lishini ta’minlash.

 

“O’zbekistonda Tempus IV - 2013” nashri

Tempus milliy ofisi tomonidan navbatdagi “O’zbekistonda Tempus IV - 2013” nashri chop etildi, uning maqsadi loyihalar faoliyati hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarining universitetlari bilan hamkorligining ilg’or tajribalarini keng namoyon etishdan iborat (yuklab olish).

Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi loyihalar koordinatorlari va ishtirokchilari hamda Yevropa Ittifoqi va MDX davlatlarining universitetlaridagi hamkorlari Tempus loyihalari doirasida aniq misollar asosida turli faoliyatlari va yutuqlari haqidagi maqolalarini taqdim qilishdi.

Tempus milliy ofisi ushbu to’plamda o’z maqolalarini nashr etish uchun yuborgan barcha loyihalar a’zolariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Redaktsiya guruhi ushbu to’plamga oid taklif va sharxlaringizni


O'zbekistondagi Tempus milliy ofisi

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100084
Amir Temur ko'chasi 107B
11 qavat
Telefon: +(998-71) 2389921, 2389918
Faks: +(998-71) 2385899

 

 

 

Ushbu sahifa Evropa Ittifoqi Tempus dasturining yordamida ishlab chiqilgan, bu dastur Rivojlanish va hamkorlik Bosh direktorati (DEVCO) hamda Hamkorlikni kengaytirish bo'yicha Bosh direktorati (DG ELARG) tomonidan moliyalashtiriladi

 

Ushbu saytda keltirilgan ma'lumotlar mualliflarning nuqtai nazarini aks etadi. Quidagi saytda joylashtirilgan ma’lumotlar uchun Evropa Komissiyasi va Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniayat ijroiya agentligi javobgar emas